
"Yuventus" Sandro borasida bir qarorga keldi
Turinning "Yuventus" klubi chap qanot himoyachisi Aleks Sandroning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, rahbariyat braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaydi va futbolchining erkin agent sifatida ketishiga ruxsat beradi.
Ayni damda 32 yoshli himoyachining xizmatlariga Turkiya va Braziliya klublaridan qiziqish bo‘lmoqda. Shu oydan boshlab u klublar bilan muzokara o‘tkazishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Sandro deyarli 9 yildan beri "keksa sinyora" klubida o‘ynab kelmoqda. Bu davrda himoyachi jamoa bilan 5 marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi va bundan tashqari Chempionlar ligasi finaliga qadar etib bordi.
Fikrlar