Argentina Osiyoda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

  • 23 sentabr, 22:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstraliya milliy terma jamoasi Argentina bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Avstraliyaning "The Age" portali xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, seshanba kuni tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliya noyabr oyidagi xalqaro tanaffus davrida Hindistonning Kerala shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinida Argentinaga raqib sifatida tanlangan. Avstraliya futbol federatsiyasi bu haqda izoh berishdan bosh tortdi, biroq muzokaralar jarayonidan xabardor bo‘lgan shaxslar federatsiyaga haqiqatan ham tashqi tashkilotchi Javoharlal Neru nomidagi 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadionda o‘tkaziladigan o‘yinda ishtirok etish taklifini berganini tasdiqladi.

Hozircha kelishuv imzolanmagan. Avstraliyaliklar o‘rtoqlik o‘yinlarini noyabr oyida o‘z yurtlarida o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Bu Jahon chempionati pley-offida Urugvay ustidan qozonilgan g‘alabaning 20 yilligiga to‘g‘ri keladi, ammo hozircha ularning mamlakatiga tashrif buyurishni xohlovchi terma jamoa topilmagan. Bundan tashqari, bir qator yirik mahalliy stadionlar kontsertlar o‘tkazish uchun band qilingan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!