
Dembele: "Oltin to‘p" shaxsiy mukofotdir, lekin aslida uni biz bir jamoa sifatida qo‘lga kiritdik"
Usmon Dembele 2024/2025-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritdi. Futbolchi mukofotni yutganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Hammaga minnatdorchilik bildiraman. Bu rostakamiga ishonib bo‘lmaydigan holat. His-tuyg‘ularimni ifodalashga so‘zlar etarli emas. PSJda ajoyib bir mavsum o‘tkazdim. Katta lahzalarni boshdan kechirdim. Bir oz hayajondaman, bu oson emas. Ayniqsa, bu mukofotni Ronaldinoning qo‘lidan olish — favqulodda voqea. Menga 2023-yilda murojaat qilgan PSJ klubiga rahmat aytmoqchiman. Klub prezidentiga, jamoaning barcha a’zolariga minnatdorchilik bildiraman. Ular ajoyib bir oiladir. Birinchi kundanoq prezident va boshqalar menga do‘st va oila a’zosi kabi munosabatda bo‘lishdi.
Shuningdek, PSJ shtabining barcha a’zolariga alohida tashakkur bildirmoqchiman. Ular menga nihoyatda yaxshi munosabatda bo‘lishdi. Luis Enrike — u hozir men uchun otadek. Futbol yo‘limda u juda muhim bo‘lgan, hali ishlarim tugamagan bo‘lsa ham. Barcha jamoadoshlarimga ham minnatdorchilik bildiraman. Deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdik. Siz yonimda bo‘ldingiz va biz birga darajamizni oshirdik, jamoaviy yutuqlarga erishdik. "Oltin to‘p" shaxsiy mukofotdir, lekin aslida uni biz bir jamoa sifatida qo‘lga kiritdik.
Shuningdek, o‘ynagan barcha jamoalarimga ham rahmat aytaman: "Renn"ga, "Borussiya Dortmund"ga va doimo orzu qilgan klubim — "Barselona"ga. U erda Messi va Inesta kabi futbolchilar yonida futbol saboqlarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldim. Bu katta tajriba edi. Juda baxtiyorman. Bu mukofotni qo‘lga kiritgan afsonalarning ro‘yxatiga qarasam… Men jamoam uchun Evropa Chempionlar ligasi va Liga 1ni yutush uchun kurashdim va endi bu sovrinni ham qo‘lga kiritdim. Haqiqatan ham hayratlanarli. Juda xursandman va faxrlanaman."
Fikrlar