"Yuventus" Remzidan qutulmoqchi, ammo...

  • 16 dekabr, 2021, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi uelslik yarim himoyachi Aaron Remzidan tezroq qutulmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "keksa sinora" rahbariyati ayni damda 30 yoshli futbolchidan qanday qutulish haqida o‘ylamoqda. Ammo Aaron jamoadan ketish evaziga katta miqdorda tovon puli talab qilmoqda.

Xabarlarga qaraganda, Remzi “Yuve”dan 7 million evro olmoqchi. Aytish kerakki, bu futbolchining bir yillik maoshi hisoblanadi.

Remzi joriy mavsum turinliklar safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!