Gvardiola oxirgi tayyorgarlik o‘yiniga Husanovni chaqirdi!

  • 8 avgust, 23:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yangi mavsumda bir necha yo‘nalishda bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Xosep Gvardiola shogirdlari uchun eng asosiy maqsad – Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish. Shuningdek, “shaharliklar” ichki kubok musobaqalarida ham imkon qadar muvaffaqiyatli ishtirok etishga bel bog‘laydi.

Tecno

Xosep Gvardiola o‘tgan yilgi inqiroz va sovrinsiz mavsumdan keyin jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qildi. Oxirgi yarim yildan ko‘proq vaqt ichida jamoaga Abduqodir Husanov, Vitor Reys, Umar Marmush, Niko Gonsales, Juma Ba, Markus Batinelli, Rayan ayt-Nuri, Rayan Sherki, Sverre Nyupan, Klaudio Echeverri, Jeyms Trafford kabi o‘yinchilar olib kelindi.

Tabiiyki, ularning barchasi ham yangi mavsumda asosiy tarkibda bo‘lmaydi. Hozirning o‘zida yangi ijrochilar orasida boshqa klublarga ijaraga jo‘natilayotganlari bor va bu yo‘nalishdagi ishlar davom etadi.

AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun ko‘plab o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazish imkonini berdi.  FIFA yangi formatda tashkil qilgan bu turnir ishtirokchi jamoalar uchun mavsumlar oralig‘idagi tayyorgarlik bosqichisi vazifasini ham o‘tadi.

Endi “Manchester Siti” 16 avgust kuni Angliya Premer-ligasining birinchi turidan o‘rin olgan “Vulverxempton” bilan bo‘ladigan safar uchrashuvidan oldin oxirgi tayyorgarlik o‘yinini o‘tkazadi.

9 avgustdan 10 avgustga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshladigan uchrashuv Italiyada “Palermo” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Xosep Gvardiola bu uchrashuvga 22 nafar har tomonlama tayyor o‘yinchilarni kiritdi. “Shaharliklar” e’lon qilgan tarkibda Abduqodir Husanov ham bor. Italiyadagi o‘yinga jalb qilingan tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar:

Ederson, Jeyms Trafford.

Himoyachilar:

Riko Lyuis, Abduqodur Husanov, Ruben Diash, Mateus Nunes, Manuel Akanji, Jon Stounz, Natan Ake, Rayan Ayt-Nuri, Niko O’Reyli.

Yarim himoyachilar:

Niko Gonsales, Bernardu Silva, Ilkay Gyundog‘an, Tijani Reynders, Rayan Sherki, Divayn Mukasa.

Hujumchilar:

Erling Xoland, Umar Marmush, Oskar Bobb, Savino, Jeremi Doku.

Taniqli jurnalist Saymon Baykovskining ma’lum qilishicha, murabbiylar shtabi o‘rtoqlik uchrashuviga o‘n nafar futbolchini jalb qilmadi. Xususan, Jeyms MakEyti, Jek Grilish va Shtefan Ortega tez orada jamoani tark etadi va shu bois, qaydnomaga kiritilmadi.

Yoshko Gvardiol, Rodri, Fil Foden va Klaudio Echeverri jismoniy jihatdan to‘liq tayyor bo‘lmagani uchun maydonga tushmaydi. Markus Bettinelli, Mateo Kovachich va Kalvin Fillips jarohatlarini davolatmoqda va hali jamoaga yordam bera olmaydi.

Shomurodov tushib, o‘yinda burilish ro‘y bergan bahsdan keyin “Bashakshehir” ustozi nimalar dedi?

Fayzullaevning salohiyatini ko‘rdik! “Bashakshehir” ustozi Abbos haqida yana nimalar dedi?

“Manchester Siti” Husanovni tanladi

Husanovni so‘rayotgan klublar bor, lekin...

Husanov, do‘stingni tabriklab qo‘y!

Hammasi tugadi! Husanovning ustozidan noxush xabar

Fayzullaev nega Evrokuboklarda o‘ynamayapti?

Gvardiola Husanov “g‘ajib tashlagan” yulduzni olib kelmoqchi

Husanov bo‘yicha muhim qaror!

Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketganining asl sababi oshkor bo‘ldi

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
09/08/2025 21:38
энди-ми?