“Yuventus” oltita o‘yinchini tanladi

  • 18 sentabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” sport direktori Kristiano Juntoli doping tufayli futboldan chetlatilgan Pol Pogbaning o‘rnini bosish o‘yin o‘yinchi qidirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, turinliklar olti nafar yarim himoyachini nishonga olgan. Asosiy nomzod sifatida “Arsenal” vakili Tomas Parti tilga olinmoqda. Londonliklar 30 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Turinliklar nishonida turgan eng qimmat futbolchi “Nitstsa” vakili Xefren Tyuram hisoblanadi. Frantsuzlar bu o‘yinchi uchun 35 million evro talab qilyapti.

Shuningdek, Juntoli ro‘yxatidan “Borussiya Myonxengladbax” vakili Manu Kone, “Strasbur” o‘yinchisi Habib Diarra, “Borussiya Dortmund”dan Abulay Kamara va “Udineze” yarim himoyachisi Lazar Samardjich ham o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!