
“Real” ikki hujumchidan biridan voz kechishga majbur
“Real” qiyin tanlov oldida turibdi. Klub asosiy to‘purar Kilian Mbappega o‘rinbosar tanlashi kerak. Ayni paytda bu pozitsiyaga 19 yoshli Endrik va 21 yoshli Gonsalo Torres da’vogar.
“Qirollik klubi” bu ikkinchi hujumchidan birini olib qolib, boshqasi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga qo‘yib yuborishni mo‘ljallayapti.
AS nashriga ko‘ra, braziliyalik futbolchi agentlari “Real” mutasaddilariga murojaat qilib, Endrik nima bo‘lgan taqdirda ham jamoada qolishini, xatto ijaraga o‘tish masalasini ko‘rib chiqmasligini ham bildirdi.
Gonsalo Torres ham Madriddan ketmoqchi emas. Bu futbolchi AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltita uchrashuvda to‘rtta gol urib, bosh murabbiy Xabi Alonsoning e’tibori va e’tirofiga ega bo‘ldi.
Evropa futboli transfer bozorida madridliklarning yosh yulduzlarini so‘rayotgan klublar etarli. Biroq “Qirollik klubi” avval bu ikki hujumchidan qay biri Mbappega o‘rinbosar bo‘lishini aniqlab olishi kerak.
Fikrlar