
"Yuventus" "Liverpul" futbolchisidan umid uza olmayapti
"Yuventus" "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoga qiziqish bildirmoqda. Turin klubi 30 yoshli braziliyalik futbolchining xaridini qishki transfer oynasida amalga oshirishga harakat qiladi, deya xabar berdi jurnalist Ekrem Konur.
Bu yozda "Yuve" braziliyalik forvardni sotib olishga urinib ko‘rdi, biroq tomonlar shartnoma borasida bir qarorga kela olishmadi.
Futbolchi APLning joriy mavsumida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakunlanadi, shuning uchun yanvar oyidan boshlab Firmino boshqa jamoalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib borishi mumkin.
Fikrlar