"Yuventus" Kostani yana ijaraga berib yubordi

  • 22 may, 2021, 15:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventusa" o‘zining rasmiy sayti orqali braziliyalik yarim himoyachi Duglas Kostani "Gremio"ga ijaraga berganini ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Braziliya grandi 30 yoshli futbolchini 2022 yilning yoziga qadar ijaraga olgan. Aytish lozimki, "Gremio" Kostani tarbiyalagan klub hisoblanadi. Duglas 11 yoshida ushbu jamoaga kelib qo‘shilgan.

Kosta joriy mavsumni "Bavariya" safida ijarada o‘tkazdi. U Germaniya chempionatida 11 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Duglas Kosta “Yuventus” va “Bavariya”dan tashqari “Shaxtyor”da ham to‘p surgan. 2014 yildan buyon Braziliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!