
Fayzullaev nega Evrokuboklarda o‘ynamayapti?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilari – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev endi hamkorlikda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi sharafini himoya qiladi.
Turkiya chempionati hali start olishiga bir necha kun bo‘lsa-da, “Bashakshehir” uchun mavsum ertaroq boshlandi. O‘tgan mavsumda Superligani beshinchi o‘rinda yakunlagan istanbulliklar xalqaro maydonda Turkiya sharafini himoya qilishga kirishdi.
“Istanbul Bashakshehir” UEFA Konferentsiyalar ligasi saralash turniri ikkinchi bosqichida Bolgariyaning “Cherno More” jamoasi bilan ikkita uchrashuvda kuch sinashib, safarda 1:0 va o‘z uyida 4:0 hisobida zafar quchdi.
“Roma”dan keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan ijaraga olingan Eldor Shomurodovning yangi klubidagi dastlabki ikki o‘yini aynan mana shu uchrashuvlarga to‘g‘ri keldi.
Shomurodov hozir uchinchi bosqich bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Istanbul Bashakshehir” 7 va 13 avgust kunlari Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan ikkita o‘yin o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini boshqa masala qiziqtirmoqda. “Bashakshehir”ga o‘tgani bir necha kun bo‘lgan Abbosbek Fayzullaev nega Konferentsiyalar ligasi bellashuvlariga jalb qilinmayapti? “Viking” bilan bo‘ladigan o‘yinda Fayzullaevni maydonda ko‘ramizmi?
Bu savollarga rossiyalik jurnalist rossiyalik jurnalist Aleksandr Troitskiy oydinlik kiritdi.
- Abbosga 14 avgustga qadar bo‘ladigan o‘yinlarga taqiq qo‘yilgan. Norvegiyaliklarga qarshi bo‘ladigan bellashuvlarda ham Fayzullaev o‘ynamaydi.
Biz “Istanbul Bashakshehir” musobaqaning keyingi bosqichiga chiqishiga va Abbos bu mavsum Evrokuboklarda debyutini nishonlashiga umid qilib qolamiz, - deb yozdi Aleksandr Troitskiy.
Fayzullaevning sobiq klubi – TsSKAning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo tez kunlarda “Istanbul Bashakshehir” o‘zbek futbolchisi transferi bo‘yicha to‘lovlarni oxiriga etkazishini ma’lum qildi.
- Abbos Fayzullaevning transferi bo‘yicha klubni qoniqtiradigan moliyaviy kafolatlar biz uchun juda muhim edi va muzokaralar shundan kelib chiqib o‘tkazildi. Tez orada “Istanbul Bashakshehir” TsSKA bilan transfer bo‘yicha to‘liq hisob-kitob qiladi. Biz Abbosga muvaffaqiyat va futboldagi orzulari ro‘yobini ko‘rishini tilaymiz.
Abbosning ketgani hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun qidiruv boshlashimizga sabab bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan nomlardan qaysidir biri to‘g‘ri, boshqalari xato berilyapti. Ayrim muzokaralarda ancha oldinga siljish bor, ba’zilari sekin ketyapti. Nomzodlardan bir nechtasi haqidagi ma’lumotlarni matbuotga sizishining oldi olindi. Lekin hujum kuchaytirilishi aniq, - dedi Kirill Breydo.
Abbosbek Fayzullaev transferi uchun “Istanbul Bashakshehir” 7,5 million evro badal puli to‘lashi kelishilgan. Bundan tashqari legionerimiz natijalariga qarab, ikki yarim million evro bonus ham ko‘zda tutilgan.
Turk klubi Fayzullaevning o‘zi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Ekspertlar “Istanbul Bashakshehir” o‘zbekistonlik hujumkor futbolchi uchun kelajakda Evropaning top-ligalariga tramplin bo‘ladi, degan fikrni ilgari surmoqda.
Hammasi tugadi! Husanovning ustozidan noxush xabar
Gvardiola Husanov “g‘ajib tashlagan” yulduzni olib kelmoqchi
Husanov bo‘yicha muhim qaror!
Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!
Fayzullaev TsSKAdan ketganining asl sababi oshkor bo‘ldi
Fikrlar