"Yuventus" Kolo-Muani bo‘yicha tezlashmoqda – MYuning harakatlari esa turinliklarni xavotirga solmoqda

  • 29 iyul, 01:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning jiddiy harakatlari va "Yuventus"ning Germaniyadagi yig‘inga yaqinlashishi klubni Randal Kolo-Muani transferi bo‘yicha jiddiy qadamga undamoqda. 26 yoshli frantsiyalik hujumchi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va "Yuventus"dagi yarim mavsumlik ijaradan so‘ng yana PSJ safiga qaytdi.

Tecno

Har kuni deyarli uchrashuvlar bo‘lib tursa-da, PSJ va "Yuventus" o‘rtasidagi muzokaralarda asosiy muammo hal etilmagan: parijliklar hujumchi bilan bu safargi ajralish butunlay va rasman bo‘lishini istaydi, turinliklar esa katta mablag‘ tufayli shoshilmaslik tarafdori.

Randal Kolo Muani of Juventus during the FIFA Club World Cup 2025 group G match between Juventus FC and Wydad AC at Lincoln Financial Field on June...

"Yuventus" sport direktori Damen Komolli kelasi haftada taklifni yaxshilab, muzokaralarni ilgarilashga urinmoqchi. Xorvat murabbiy Igor Tudor avval hujumchini zaxirada qoldirgan bo‘lsa-da, keyinchalik o‘z fikrini o‘zgartirdi va Kolo-Muanining qayta kelishini ustuvor maqsad sifatida belgiladi. Komolli, uning yordamchisi Kellini va sport direktori Modesto ham shunday fikrda.

Turin klubi erkin agent sifatida Jonatan Devidni olib keldi, Vlaxovich masalasida echim kutilayotgan bir paytda, Kolo-Muani bilan shartnomani yakunlash maqsad qilingan. Bu jamoani "Adidas"ning Germaniyadagi qarorgohidagi yig‘inga tayyorlash va kutilmagan syurprizlarning oldini olish uchun muhim qadam hisoblanadi.

Randal Kolo Muani of Juventus looks on during the FIFA Club World Cup 2025 group G match between Juventus FC and Wydad AC at Lincoln Financial Field...

Oxirgi oylarda "Yuventus" va Kolo Muani o‘rtasida yaxshi munosabat shakllandi va bu angliyalik klublarni uzoqda ushlab turdi. Hujumchi PSJga so‘nggi kunlarda ham "Yuventus"ni o‘zining birinchi tanlovi sifatida ko‘rayotganini aytgan. Biroq, Viktor Dyokereshni "Arsenal"ga boy bergan "Manchester Yunayted"ning yangi harakatlari Turinda xavotir uyg‘otmoqda. Bu xavf har doim bo‘lgan, ammo endi u ancha jiddiylashgan va "Yuventus" rahbariyati bunga qarshi harakat qilishga bel bog‘lamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!