"Yuventus" ikkita hujumchidan birini tanlashi kerak

  • 7 yanvar, 2021, 15:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sampdoriya hujumchisi Fabio Kvalyarella davralar oralig‘ida "Yuventus"ga o‘tishi mumkin.

Tecno

Italiya matbuotiga ko‘ra, turinliklar 37 yoshli forvardning transferini amalga oshirishga shoshilmoqchi emas. "Keksa sinora" vakillari "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milikni variantini ham ko‘rib chiqmoqchi.

Kvalyarella Turin klubi uchun begona emas. Italiyalik futbolchi 2010/2014 yillar mobaynida "Yuve" safida to‘p surgan va 83 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Transfermarkt portali Kvalyarellaning narxini 1 million evroga, Miliknikini 22 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!