"Yuventus" hujumchisi shartnomani uzaytirmasligini aytdi

  • 8 yanvar, 20:51
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiyaning "Yuventus" klubi va Serbiya terma jamoasi hujumchisi Dushan Vlaxovich jamoani erkin agent sifatida tark etishni xohlaydi. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi klubning iqtisodiy sharoiti tufayli "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamaydi. Italiya klubi rahbariyati allaqachon futbolchining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzgan.

Ular: "Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee, PSJdan Randal Kolo Muani va "Vest Xem"dan Niklas Fyullkrug.

Ma’lumot o‘rnida, futbolchi joriy mavsumda klub safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!