
"Yuventus" himoyachisini "Arsenal"ga ijaraga berishni xohlamadi
Turinning “Yuventus” klubi himoyachi Daniele Ruganini “Arsenal”ga ijaraga berishni xohlamadi.
Goal.com nashrining yozishicha londonliklar 25 yoshli futbolchini 2 yilga ijaraga olishni rejalashtirishayotgan edi.
“Arsenal” transfer oynasi yopilgunicha mahoratli markaziy himoyachi sotib olishni xohlamoqda. Biroq, “Yuventus” yangi mavsumni beshta himoyachi bilan boshlamoqchi, qolaversa turinliklar o‘zlarining tajribali himoyachisi Jorjo Kellinining optimal sport formasida emasligidan xavfsirashmoqda.
Aytish kerakki, Ruganining o‘zi ham “Yuve”da qolmoqchi. Boisi, jamoaning yangi ustozi Mauritsio Sarri bilan yaxshi tanish hisoblanadi. Ular o‘z vaqtida “Empoli”da birga faoliyat olib borishgan.
Fikrlar