
"Yuventus" futbolchilari Italiya Superkubogi bahsida maxsus liboslardan foydalanishadi
Turinning “Yuventus” klubi “Latsio”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Italiya Superkubogi uchrashuvida maxsus libosda harakat qiladi.
Aniqrog‘i, ushbu uchrashuvda “keksa sinora” futbolchilari ismlari arab harflarida yozilgan liboslarda o‘ynashadi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha Paulo Dibala, Krishtianu Ronaldu, Mattays de Lixt, Miralem Pyanich va Jorjo Kellini ismlari yozilgan liboslar faqatgina 500 nusxadan chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Latsio” uchrashuvi 22 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Fikrlar