"Yuventus" Aleks Sandroning narxini e’lon qildi

  • 1 aprel, 2019, 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi o‘zining chap qanot himoyachisi Aleks Sandroni sotib yuborishi mumkin.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati 28 yoshli braziliyalik futbolchining transferi borasida bildiriladigan 50 mln evrodan yuqori bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yoz Sandroga “Real” va bir qator APL klublaridan qiziqishlar bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Aleks Sandro joriy mavsum “Yuventus” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!