
"Yuventus" - "Napoli" uchrashuvi taqdiri nima bo‘ldi?
A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Napoli" uchrashuvi natijalari bo‘yicha rasmiy qaror noma’lum muddatga qoldirildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi Italiya chempionatining 3-tur natijalarini e’lon qildi. "Yuventus" - "Napoli" uchrashuvi qoldirildi va natija e’lon qilinmadi. Oldinroq Neapol sog‘liqni saqlash boshqarmasi jamoada koronavirus yuqtirgan futbolchilar borligi sababli, "Napoli"ning Turinga borishini taqiqlab qo‘ygan edi.
Jennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa uchrashuvning keyinga qoldirilishiga erishmoqchi. Avvalroq, "Napoli"ga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozilishi taxmin qilingan edi.
Fikrlar