"Yuve" sobiq hujumchisi A Seriyaga qaytishi mumkin

  • 17 aprel, 2020, 17:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" forvardi Moyze Kin yozgi transfer oynasi vaqtida Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.

Tecno

Italiya mabuoti xabariga ko‘ra, italiyalik futbolchi xizmatlariga Rimning "Roma" klubi qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida mersisaydliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 20 yoshli futbolchini jamoada olib qolish rejasiga qarshi emas.

Joriy mavsumda hujumchi "Everton" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol kiritishni uddaladi. Ma’lumot o‘rnida Kin "Yuventus" tarbiyalanuvchisi hisoblanib, o‘tgan yil yozida Angliyaga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!