Gvardiola zaxirada o‘tirgan Husanov va boshqa 3 markaziy himoyachiga munosabat bildirdi

  • 27 iyun, 09:09
  • Bilolbek Imomov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining so‘nggi turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" "Yuventus" bilan to‘qnash kelib, yirik 5:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Ushbu bellashuv yakunlangandan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Gvardiola bugungi uchrashuvdagi 2 markaziy himoyachi va zaxiradagi fulbeklar haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Bugun bizda ikkita ajoyib markaziy himoyachi bo‘ldi va yana to‘rttasi zaxirada o‘tirgan edi. O‘tgan yili esa bizda faqatgina 1 ta zaxira himoyachimiz bo‘ldi. Shuning uchun biz qiynaldik, mashq qila olmadik. Endi esa murabbiylar shtabi bilan o‘z mashg‘ulotimizni rivojlantirdik. Bu — Angliya Premer-ligasi, Evropa va barcha musobaqalarda kurashib, kattaroq natijalar qayd etish uchun yagona yo‘ldir" - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis. 
 
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" Jahon chempionatining guruh bosqichini 1-o‘rin bilan yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Pley-offda esa "H" guruhidan 2-o‘rin bilan chiqqan Saudiyaning "Al-Hilol" klubi bilan to‘qnash keladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
27/06/2025 20:38
Abduqodirga omad tilayman!
&
Saida'lo uzb
27/06/2025 20:12
Abduqodir maydonda faqat himoyada turmasdan markazroqqa yurishi va xavfli passlarni ko'paytirishi kerak...Futbol jamoaviy o'yin Abdul o'ziga old qatordagi o'yinchilardan sherik qilishi kerak...bir-birini tushunishi...va ho kazo...
&
Адхамжон Низомов
27/06/2025 16:59
Хусанов хам гол уриш учун харкат килиш керак 1-2 гол урса асосийга 1 чи давогар булиб колади.Унинг урнига тушганлар гол уришяптику.Омад Абдукодирга.
Baxil Alihuja
27/06/2025 15:00
Абдукодир сарик олгани учун камрок тушаяпди.
&
Болельщик
27/06/2025 10:49
Абдукодир яна бонкада, ундан кура бошка командага утса яхшиди, защитниклар жуда куп экан.