Husanov jamoasi pley-offda qaysi jamoaga to‘qnash kelishi ma’lum bo‘ldi

  • 27 iyun, 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh b bosqichini  birinchi o‘rinda yakunladi.

Tecno

Xosep Gvardiola shogirdlari uchinchi turda Italiyaning “Yuventus” jamoasini yanchib tashladi va o‘yinda 5:2 hisobida zafar quchdi.

“G” guruhida birinchi o‘rinni egallagan “shaharliklar” pley-offning birinchi uchrashuvini Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

“N” guruhi vakili hisoblangan saudiyaliklar oxirgi uchrashuvda Meksikaning “Pochuka” jamoasini 2:0 hisobida engib, o‘z kvartetida “Real”dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Manchester Siti” va “Al-Hilol” o‘rtasidagi nimchorak final uchrashuvi 1 iyul kuni Orlando shahridagi “Kemping Uorld” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
27/06/2025 15:01
Гвардиола жамоаси....
&
Азизжон
27/06/2025 14:16
Нима фодкси бор Хусановни барибир уйинга ку́шмайди