Yurtimizda polo sport turi ommalashmoqda

  • 25 avgust, 2021, 13:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

Mamlakatimizda polo sport turini rivojlantirishga ixtisoslashgan yangi klub faoliyati tashkil etilmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ushbu sport turini mamlakatimizda ommalashtirish, shu maqsadda sport klublari faoliyatini tashkil etish belgilab qo‘yilgan.

Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash, qolaversa yurtimiz yoshlari orasida polo sport turiga bo‘lgan qiziqishning tobora ortib borayotganligini inobatga olgan holda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Mega-sport” klubi o‘z qoshida polo yo‘nalishini ham tashkil etishga qaror qildi.

Shu maqsadda yaqinda poytaxtimizdagi “Simma Hotel” mehmonxonasida “Mega-sport” polo klubining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Umid Rajabov, O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev va bir qator mutasaddilar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda mana shunday sport klublarining tashkil etilishi O‘zbekistonda ot sporti va yilqichilik yo‘nalishlarini keng ommalashtirishga xizmat qilishi barobarida yoshlarimizni ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishini oshirishini alohida e’tirof etishdi.

Darvoqe, polo sportini rivojlantirishda o‘zimizning mahalliy qorabayir zotiga mansub tulporlardan foydalanilishi, bu esa o‘z navbatida yurtimizda yilqichilik sohasining ham rivojiga xizmat qiladi. Shu bilan birga qorabayir zotiga mansub otlarni eksport qilish imkoniyatlari ortishini ta’minlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!