Yurgen Klopp Arnoldga nisbatan bo‘lgan hushtakbozlikdan ranjigani haqida gapirdi

  • 24 may, 14:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL doirasida bo‘lib o‘tgan "Liverpul" – "Arsenal" (2:2) uchrashuvida klub tarbiyalanuvchisi Trent Aleksander-Arnold muxlislar tomonidan hushtakbozlik bilan kutib olindi. Avvalroq, futbolchi mavsum yakunlangandan so‘ng jamoani tark etib, erkin agentga aylanishini ma’lum qilgan edi. Ushbu vaziyat haqida mersesaydliklarning sobiq murabbiyi Yurgen Klopp o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Men o‘sha o‘yinni ko‘rganman. U maydonga tushganida hushtak eshitdim. Men endi qarib qolganman, shuning uchun bunday o‘yladim: "Ehtimol, eshitishim noto‘g‘ridir". Shunda ovozni balandlatdim va o‘yladim: "Yo‘q, bu haqiqatan ham hushtak".

Tushunish uchun yana 10 soniya kerak bo‘ldi. Keyin televizorni o‘chirdim. Bu voqea meni ranjitdi.

Men muxlislar hafsalasi pir bo‘lmasligi kerak demayapman. Men shunchaki aytayapman: "Unutmanglar". Bu klub hech narsani unutmaydi. Biz yaxshi narsani ham, yomonini ham eslab qolamiz. Lekin yomonini inkor qilamiz, yaxshisini xotiramizda saqlaymiz.

U ketyapti, shundan xursand bo‘lish shart emas. Lekin u klub uchun nimalar qilganini unutmanglar. Men esa hech qachon unutmayman" – dedi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik himoyachi jamoani tark etganidan so‘ng Madridning "Real" klubiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!