
Yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz Tailandga jo‘nab ketishdi
9-14 iyul kuni Tailandning Chonburi shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirga Isroil Siddiqov shogirdlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida jiddiy hozirlik ko‘rishdi. Bugun, delegatsiyamiz O‘zbekiston sport kurashlari Assotsiatsiyasi ijrochi direktori Qaxxor Xasanov boshchiligida taylar yurtiga yo‘l olishdi. Qolaversa, delegatsiyamiz tarkibida xalqaro toifadagi hakam G‘ayrat Abdullaev ham bor. Ushbu tajribali mutaxassis bevosta Osiyo chempionatida faoliyat olib boradigan hakamlar ruyxatidan o‘rin olgan.
Fikrlar