
Yozda "Siti"dan ketadigan David Silvani La Ligaga chorlashmoqda
"Betis" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silvaga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, sevilyaliklar 34 yoshli ispaniyalik futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilishgan. Ta’kidlash kerakki, uning “Siti” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi.
Silvaga shuningdek, Osiyo va Amerikadan ham takliflar bo‘lmoqda.
David “Manchester Siti” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar