Yozda “Real”dan birinchi ketadigan futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

  • 1 oktabr, 2024, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarbiyalanuvchisi hisoblangan va bir necha mavsumlardan beri jamoa safida o‘ynab kelayotgan Lukas Vaskes kelasi yoz klubni tark etadigan bo‘lyapti.

Tecno

Nufuzli manba – fichajes.net saytining ma’lum qilishicha, 33 yoshli o‘ng qanot himoyachisi yozda klub bilan shartnomasi tugaganidan keyin boshqa klublarga o‘tishni rejalashtirgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” xo‘jayinlari tarkibni yoshartirish siyosatini olib bormoqda va Lukas Vaskes o‘rnini iste’dodli yoshlarga bo‘shatish uchun ham tajribali o‘yinchiga yangi bitim berilmaslik ehtimoli katta.

Vaskes 2015 yili “Real”ning asosiy tarkibiga qo‘shilganidan beri 356 ta uchrashuvda 37 ta gol va 66 ta assist qayd etgan. Ispaniya terma jamoasida esa, to‘qqizta o‘yin o‘tkazgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
01/10/2024 18:27
Ketgani maqul xujumkor uyinchi edi bechorani ximoyachiga aylantirishdi joy yuqligidan