
Terma jamoamiz a’zosi OFK tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga nomzod
Joriy yilning 16 oktyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi. Unda o‘tgan 2025-yilgi yirik musobaqalar, xususan, U-17 va U-20 Osiyo kubogi 2025 va qit’a miqyosidagi xalqaro turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar taqdirlanadi.
Quvonarlisi, turli yo‘nalishlardagi nomzodlar orasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sadriddin Hasanov ("Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi") ham bor.
Sadriddin Hasanovga bu yo‘nalishda Aleks Badolato (Avstraliya) va Hamid Yusuf (Saudiya Arabistoni) raqobat qiladi.
Ma’lumot uchun, Sadriddin Hasanov joriy yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan U-17 Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan edi.
Fikrlar