
Yoshixito Nishioka Amerikada porlamoqda
Indian-Uells shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan "BNP Paribas Open" turnirining ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
"Masters" turkumiga kiruvchi mazkur musobaqada avstraliyalik Aleks Bolt latviyalik Ernest Gulbisni 6:3, 5:7, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Yaponiyalik Yoshixito Nishioka esa amerikalik Denis Kudla ustidan uch setda, 3:6, 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar