
Yosh dzyudochilarimiz Turkiyadagi nufuzli musobaqada ishtirok etadi
Bugun Turkiyaning Kojaeli provinsiyasi ma’muriy markazi hisoblangan Izmit shahrida o‘smirlar o‘rtasida nufuzli xalqaro turnir start oldi.
"Kocaeli European Judo Hopes" turnirida dunyoning 16 davlati, shuningdek, 71 ta klubdan kelgan jami 460 nafar (317 o‘smir, 143 qiz) yosh dzyudochilar g‘oliblik yo‘lida bahs olib boradi. O‘zbekistondan "Diplomat Judo Slub" klubining 21 nafar tarbiyalanuvchisi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar