Ashaddiy raqib Fayzullaev transferiga munosabat bildirdi

  • 1 avgust, 18:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning TsSKAdan “Istanbul Bashakshehir”ga ko‘chib o‘tgani hali hamon Rossiya futbol jamoatchiligi vakillari orasida keng muhokama qilinmoqda.

Tecno

Sports.uz portali 21 yoshli futbolchimiz haqidagi fikr-mulohazalarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Sergey Semak, “Zenit” bosh murabbiyi:

Abbos keyingi vaqtda boshlang‘ich tarkibga kam kiritilayotgan edi va TsSKAda o‘yin tizimini yaratadigan o‘yinchilar qatoridan chetga chiqib qolayotgandi. Bu avvalgi bosh murabbiy Marko Nikolich jamoaga olib kirgan taktik sxemaning ta’siri.

Afsuski, bu usul unga mos emas, “romb”da Fayzullaevga munosib joy topilmadi. Kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan edi, boshqa klubga o‘tib ketdi.  

Ammo Rossiyadagi faoliyati davomida juda yoqimli taassurot qoldirdi. Abbos juda yorqin o‘yinchi, yangi klubida muvaffaqiyat yor bo‘lsin. Muxlislarini xursand qilishini, o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan va klubga keltirayotgan yutuqlaridan o‘zi ham qoniqishini, mamnun bo‘lib yurishini tilayman.

Sergey Kiryakov, futbol murabbiyi:

Abbosbek Fayzullaev va Vilian Roshaning TsSKAdan ketgani jamoaga salbiy ta’sir qiladi, deb o‘ylayman. Lotin Amerikasidan jamoaga olib kelinayotgan yoshlar qanchalar talantli bo‘lmasin, top-klublarda ularning moslashishiga va ko‘nikishiga vaqt ajaratish imkoni yo‘q. TsSKA kelajak uchun ishlayapti, deb bo‘lmaydi. Qachongacha shunday qilish mumkin?

Muxlislar jiddiy natijalarni, chempionlik uchun kurashni sog‘inib qoldi. O‘tgan mavsumga ko‘ra, TsSKA shu yo‘nalishda ishlaydi, degan umid paydo bo‘lgandi. Lekin amalda boshqa narsani ko‘ryapmiz, murabbiy ketdi, etakchi o‘yinchilar ketyapti. Bu erda boshqa gap bor shekilli.

Endi yo‘qotishlarga qaramay, TsSKA qisqa fursatda yana yaxshi o‘ynashni boshlaydi va jangovar jamoaga aylanadi, deb umid bilan kutamiz.

Igor Akinfeev, TsSKA darvozaboni:

Bizni palov eyishga o‘rgatib qo‘yib, o‘zi uchib ketdi. Abbos, omad!

Milan Gayich, TsSKA futbolchisi:

Abbos biz bilan chiroyli xayrlashib ketdi. Men unga omad tilayman. Abbos yaxshi inson va zo‘r futbolchi. Fayzullaev Turkiyada ham o‘z iqtidorini namoyish qila oladi va jahon chempionatini yuqori darajada o‘tkazishiga umid qilaman.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”dan TsSKAga 2023 yilning avgustida transfer qilingan. Ikki mavsum davomida 21 yoshli futbolchimiz “armiyachilar” safida jami 72 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol va 22 ta assist qayd etdi.

TsSKA futbolchisi sifatida Rossiya chempionati bronza medali, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘ldi. Shuningdek, Fayzullaev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasi g‘olibi hisoblanadi.

 

Shomurodovning yangi jamoadoshini 2 oyda 4 marta o‘g‘ri urdi

“Bashakshehir” ustozi muhim o‘yin oldidan Shomurodov va o‘zbeklar haqida nimalar dedi?
Fayzullaev TsSKAdan ketganining asl sababi oshkor bo‘ldi
Fayzullaev ketganidan xursandmiz

Endi bitta Shomurodov etishmayapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
01/08/2025 21:49
семак жуда самимий тренер
Baxil Alihuja
01/08/2025 21:48
энг зур изох Акинфеевники! бу дарвозабон хакикатда россиянинг 21асрдаги энг буюк уйинчиси, когани хаммаси ахлат