
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisining jarohati jiddiy bo‘lishi mumkin!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Istiqlol" himoyachisi "Rustam Ashurmatovning jarohati jiddiy bo‘lishi mumkin. Legionerimiz
"Istiqlol" klubining bu yilgi transferlar oynasidagi xorijlik futbolchisi Rustam Ashurmatov jamoaning Turkiyadagi mavsumoldi lagerida jarohat olgandi. O‘zbekistonlik himoyachi faoliyati davomida bungacha jiddiy jarohat olmagandi.
Kecha "footballi" nashri O‘zbekiston futbol federatsiyasi va "Istiqlol" kelishgan holda Ashurmatovni Qatardagi "Aspire" tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgani haqida xabar berdi.
Hozirda Ashurmatovning holati aniq emas va agar futbolchining xochsimon bog‘lami paylari yirtilgan bo‘lsa, u mavsum oxirigacha maydonga tusha olmaydi. Bu esa "Istiqlol"ning himoya markaziga jiddiy muammolarni olib keladi. Ushbu himoyachi ham O‘zbekiston terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri sanaladi.
Rikardu Sapintu klub rahbariyatidan Ashurmatovni mavjud vaziyat tufayli ro‘yxatdan chiqarib tashlashni va uning o‘rniga boshqa himoyachi olishni so‘ragan", - deyiladi fors nashrlaridan birida.
Eslatib o‘tamiz, Ashurmatov yaqinda Rossiyaning "Rubin" klubidan Eron klubiga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar