
Yosh bokschilarimiz Krasnodardagi musobaqada ikkita medalni qo‘lga kiritdi
Rossiya Federatsiyasining Krasnodar shahrida boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan XII xalqaro turnir yakuniga etdi.
17-18 yoshli charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida tashkil etiladigan mazkur turnirda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi va ikkita medal qo‘lga kirtishdi.
Terma jamoamiz tarkibida Asilbek Jalilov (-48 kg) va G‘ofurjon Tohirov (-64 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar