
Yorqin Nazarov "Bunyodkor-2" bosh murabbiyiga aylandi
Xabaringiz bor, Toshkentning «Bunyodkor» klubi hozirda Abu-Dabida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Lekin Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi to‘liq ko‘rinishda emas. Ya’ni, o‘tgan yilgi mavsumda Vadim Karlenovichga yaqindan yordam bergan Yorqin Nazarovning faoliyatida o‘zgarish yuz berdi.
Endilikda u «Bunyodkor-2» jamoasiga bosh murabbiylik qiladi. O‘tgan yili pro-liganing sharq mintaqasida ishtirok etgan yosh «bunyodkor»chilar 3-o‘rinni band etishgandi. Endi esa yangi mavsumda Yorqin Nazarov «Bunyodkor-2»ga ustozlik qiladigan bo‘ldi. Ushbu xabarni murabbiyning o‘zi ham tasdiqlab o‘tdi. Aytish kerakki, Nazarov bunga qadar o‘z vaqtida pro-ligada G‘uzorning «Sho‘rtan» jamoasiga ham ustozlik qilgan. U faoliyatida ikkinchi bor mustaqil ravishda ishlaydigan bo‘ldi.
Fikrlar