“Siti”ning qimmatbaho yulduziga xaridor chiqdi

  • 7 avgust, 07:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat xaridlardan biri – Jek Grilish faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

29 yoshli hujumkor futbolchiga “Everton”dan chorlov bo‘lyapti. Mersisaydliklar Grilish transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi.

The Telegraph nashri ekspertlarining ta’kidlashicha, transfer muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun ayrim masalalarni hal qilib olish lozim. Xususan, Jek Grilishning maoshi ko‘p jamoalar uchun og‘irlik qiladi.

“Shaharliklar” o‘z iqtidorini yuz foiz ocha olmagan bo‘lsa-da, Grilishga haftasiga 300 ming funt miqdorida maosh to‘lab keladi.

Grilish Manchesterga kelganidan beri jami 157 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!