Yo‘qotishlar va rotatsiya! Italiya Shveytsariyaga qarshi o‘yinni boshqa tarkib bilan boshlaydi

  • 29 iyun, 2024, 17:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Evroda nimchorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Dastlab, Italiya Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs uchun Luchano Spalletti bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishi kutilmoqda. 

Tecno

Xorvatiyaga qarshi o‘yindan keyin Rikkardo Kalafori diskvalifikatsiya qilindi. Shu sababli, uning o‘rniga "Roma" a’zosi Janluka Manchini boshlang‘ich tarkibga kiritiladi. Federiko Dimarkoning esa kichik jarohat bor va chap qanot himoyachisi o‘rnini “Inter”dagi jamoadoshi Matteo Darmian egallaydi.

Yarim himoya - eng ko‘p o‘zgarish bo‘lishi kutilayotgan pozitsiya. Lorentso Pellegrini, Jorjino va Jakomo Raspadori zaxira o‘rindig‘iga tushishi bilan Brayan Kristante, Stefan El-Shaaravi va Nikolo Fajoli asosiy tarkibga kiritilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!