
"Manchester Siti"ning g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgan Husanovning o‘yini necha ballga loyiq ko‘rildi?
"Manchester Siti" Chemoionlar ligasining dastlabki turida "Napoli" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida taslim etdi. Ushbu o‘yinda esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq uchrashuv o‘tkazdi.
Vakilimizning mazkur to‘qnashuvdagi harakatlarini esa bir necha mashhur portallar turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 7.4 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 6.9 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 7.1 ball berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 21 sentyabr kuni "Arsenal"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar