Yaxshiboevning chempion jamoaga transferi barbod bo‘lishi mumkin. Boshqa yaxshi variantlar bor

  • 22 yanvar, 2024, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasi tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. O‘ziga yangi ish joyi qidirayotgan futbolchilar qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishgan klublar ko‘rigidan o‘tmoqda. Murabbiylar esa, ana shunday o‘yinchilarning imkoniyatlariga baho berishga e’tibor qaratyapti.

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasi nomzod futbolchi – Jasurbek Yaxshiboev “Navbahor”dagi faoliyatini yakunlab, o‘ziga boshqa klub qidirmoqda.

photo_2024-01-21_11-05-23

Yaxshiboev Qozog‘istonning amaldagi chempioni “Ordabasi” jamoasida ko‘rikdan o‘tish uchun chimkentliklarning Turkiyadagi yig‘iniga borgandi. Jurnalistlar o‘zbek futbolchisini “Ordabasi” va Polshaning “Legiya” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida qozog‘istonliklarning zaxira o‘rindig‘ida ko‘rgani haqida ma’lumot tarqatgan.

Qizig‘i shundaki, Jasurbek faoliyati davomida qisqa muddat “Legiya”da to‘p tepgan va Polsha chempionligiga sazovor bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Jasur Yaxshiboevning “Ordabasi”ga transferi amalga oshmasligi mumkin.

Vaziyatni kuzatib borayotgan  meta-ratings.kz saytining xabar berishicha, tomonlar o‘rtasida hali hamkorlik shartnomasi imzolanmadi. Xabarlarga ko‘ra, boshqa klublar “Ordabasi” va Yaxshiboev munosabatlaridagi to‘xtalishdan foydalanib, kerativ futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda ekan.

Demak, Jasur Yaxshiboevda tanlov imkoni bor.

26 yoshli hujumkor futbolchining faoliyatiga nazar solsak, u O‘zbekistondan ko‘ra, xorij mamlakatlarida ko‘proq yutuqqa erishganini ko‘rish mumkin.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi yurtimizdagi faoliyati davomida “sherlar” tarkibida 2017 yili  O‘zbekiston chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritgan.

2020 yili legioner maqomini olgan iste’dodli futbolchimiz ikki yil davomida to‘rtta xorijiy jamoa sharafini himoya qilib,  “Shaxtyor Soligorsk”da Belarus, “Legiya Varshava” Polsha va “Sherif”da Moldova chempioni bo‘ldi.

Moldovaliklar safida Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashdi va Madriddagi o‘yinda “Real” darvozasini ishg‘ol qildi.

photo_2024-01-20_20-27-49photo_2024-01-20_20-27-49

2022 yilda “Navbahor” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Jasur o‘tgan yilgi chempionatda namanganliklar safida uchinchi o‘rinni egalladi.

Yaxshiboev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ilk bor 2018 yili jalb qilingan edi. Hozirgacha o‘nta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ygan.

Jasur xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda Venesuela va Tojikiston terma jamoalari darvozasini ishg‘ol qilgan.

“Real”ga supergol urgan Yaxshiboev o‘ziga yangi jamoa topdi

G‘alaba qozonmasak bo‘lmaydi! Avstraliyaliklar ham, o‘zbeklar ham sensatsiyani ko‘zlayapti

Hindlar O‘zbekistonga qarshi o‘yin oson kechishiga ishongandi. Raqibning 3 ta xatosi!

Fayzullaev, Husanov va o‘zbek futbolchilariga dunyoda qanday baho berishyapti?

O‘zbekistonning g‘alabasiga Hindistondan qanday munosabat bo‘ldi?

Hindlar qaysi futbolchilarimizdan cho‘chiyapti?

Shomurodovning sensatsion transferiga nima xalaqit qilyapti?

Germaniyalik ekspertlar Hindiston bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga qanday baho berdi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
21/01/2024 22:47
Вариантлар бўлса кўрсатинглар, кўрсата олмайсиларми?, - яхшиси, ёзманглар. Нима қиласилар ўқувчиларни алдаб. Ҳамма ишларинг, - "халтура"дан иборат.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
21/01/2024 20:38
Yozayotgan statistikalar bikab biz tanidhmiz adminkar cgaynslgsni chaynalgan
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
21/01/2024 20:37
Qaysi kulb ekan men o‘qib chiqib topa olmadim
&
Shohobiddin
21/01/2024 19:20
Киска лунда килиб ёзмайсилами чайланавермай