Yaxshiboev "Real"ga gol urganidan keyin transfer narxi qanchaga oshdi?

  • 27 dekabr, 2021, 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Moldova chempionati Milliy diviziyasida o‘ynagan futbolchilarning yangilangan transfer summalarini e’lon qildi.

Tecno

Yangi reytingda mamlakat chempioni sifatida ilk marotaba Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘ynagan “Sherif” futbolchilarining narxi keskin ko‘tarilganini ko‘rish  mumkin.

“Sherif” futbolchilari “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turniri guruh bahslarida “Shaxtyor”ni bitta uchrashuvda engib, ikkinchisida durang o‘ynadi, “Santyago Bernabeu”da “Real”ni mag‘lubiyatga uchratib, shov-shuv ko‘tardi. Jami etti ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan tiraspolliklar Chempionlar ligasidan chiqib ketgan bo‘lsa-da, xalqaro maydondagi yurishini Evropa ligasida davom ettiradigan bo‘di.

Transfermarkt portalida “Sherif” futbolchilarining umumiy summasi 24,58 million evroni tashkil etmoqda.

Narxi keskin ko‘tarilgan futbolchilar orasida Adama Traore etakchilik qilyapti. Uning transfer summasi 200 mingdan 3 million evrogacha ko‘tarildi. Bu borada kuchli o‘nlik quyidacha ko‘rinish oldi:

sheriffValue

Jasur Yaxshiboevning transfer narxi 200 ming evroga ko‘tarilgani e’tiborga molik. Ayni paytda hamyurtimizning transfer summasi 700 mingni tashkil qilmoqda. Aslida bu bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich o‘tgan yili dekabrda qayd etilgan va 750 ming evroga teng bo‘lgan. Bunda Jasur Yaxshiboevning UEFAga a’zo hisoblangan Belarus chempionatida samarali o‘yin ko‘rsatgani, to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinni egallagani, chempionatning eng foydali futbolchisi, deb e’tirof etilgani va “Shaxtyor-Soligorsk” safida mamlakat chempioni bo‘lgani muhim ahamiyat kasb etgan.

Joriy yil boshida hujumkor futbolchimiz Polsha chempioni “Legiya”ga o‘tganidan keyin zaxirada o‘tirib qolgani oqibatida uning transfer summasi 500 ming evroga tushib ketgan edi.

Ta’kidlash joizki, Jasurning narxi hozirgi 700 ming evrodan ancha yuqori bo‘lishi mumkin edi. Madridda “Real” darvozasini ishg‘ol qilgan Yaxshiboevning o‘sha uchrashuvda jarohat olgani bunga yo‘l qo‘ymadi.

Jasur Evropa Chempionlar ligasida ham, Moldova chempionatida ham aksariyat uchrashuvlarda maydonga tusha olmadi.

Statistikaga e’tibor qaratdigan bo‘lsak, legionerimiz Moldova chempionatida atigi oltita uchrashuvda qatnashib, jami 292 daqiqa to‘p tepdi. Bu o‘yinlarda bitta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Moldova kubogida esa atigi 28 daqiqa o‘ynadi.

Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida oltita bellashuvdan uchtasida ko‘rinish berdi va jami 206 daqiqa to‘p tepdi. “Real” maydonida Tibo Kurtua darvozasiga urilgan gol hamyurtimiz uchun nufuzli turnirda yagonaligicha qoldi.

89aff994efc13673ec80fe077f0511b6-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Jasur Yaxshiboev ijara asosida “Legiya”dan “Sherif”ga o‘tganidan keyin tiraspolliklar uchun umumiy hisobada 12 ta bahsda jami 646 daqiqa o‘ynab, bir jut gol va uchta golli pas qayd etdi. Har holda bu ijobiy ko‘rsatkich ekanini ta’kidlash joiz.

Shuningdek, Yaxshiboevni Srechko Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytardi. Biroq, hujumkor futbolchi jarohati bois o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida oxirigacha qatnasha olmadi va xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb qilinmadi. Hozircha uning hisobida mamlakatimiz bosh jamoasi uchun o‘tkazilgan uchta uchrashuv bor xolos.

Jasur 24 yosh bo‘lishiga qaramay, qisqa fursat ichida bir necha jamoada va qator ligalarda o‘ynab ulgurdi. Xususan, “Paxtakor”, AGMK, “Energetik-BGU”, “Shaxtyor-Soligorsk”, “Legiya”,  “Legiya-2”, “Sherif” sharafini himoya qilgan futbolchimiz jami 103 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 23 ta gol va 13 ta assist yozdirib qo‘ydi. Belarus va Polsha chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bu jamoada Shomurodovga o‘rin yo‘q!

Shomurodov “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” futbolchilari bilan o‘ynashi mumkin!

O‘runovni “Spartak”da nega o‘ynatishmadi? Sirlar ochilmoqda!

Shomurodov “Olimpiko”ni portlatdi!

Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!