
Yaxshiboev jamoasi qatorasiga 7-marta chempion!
Moldova chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Dinamo Avto" va "Sherif" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin mehmonlarning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, legionerimiz Jasur Yaxshiboev harakat qilayotgan klub chempionat yakuniga ikki tur qolganda chempionlik masalasini hal qildi. Ikkinchi o‘rindagi "Petrokub" hisobida 55 ochko mavjud.
Ma’lumot uchun, "Sherif" qatorasiga 7-marta Moldova chempioniga aylandi.
Fikrlar