Yaxshiboev jamoasi Evropa maydonlarida qancha daromad qildi?

  • 26 noyabr, 2021, 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etayotgan “Sherif” jamoasi turnirning pley-off qismiga chiqa olmagan bo‘lsa-da, “ko‘hna qit’a”ning ikkinchi musobaqasi – Evropa ligasining o‘tish turnirida qatnashadi.

Tecno

UEFA qoidasiga ko‘ra, Chempionlar ligasi guruh bahslarida uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar Evropa ligasi guruhlarida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lgan klublar bilan nimchorak finalga chiqish uchun uy-safar tizimida o‘zaro kuch sinashadi.

“Sherif” o‘z guruhida muddatidan oldin uchinchi o‘rinni naqd qildi va Evropa ligasiga yo‘llanma bilan birga 500 ming evroga ham ega bo‘ldi. Shu tariqa, Tiraspol klubining joriy mavsumda Evropa Chempionlar ligasidan topgan daromadi 22,87 million evroni tashkil qildi.

Endi “Sherif” guruhdagi so‘nggi uchrashuvni safarda “Shaxtyor”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs g‘olibi yana 2,8 million evroni qo‘lga kiritadi. Durang qayd etilsa, jamoalar 930 ming evrodan qo‘shimcha pul oladi.

Jasur Yaxshiboev jamoasi Evropa ligasi pley-offidagi raqibini 13 dekabrga belgilangan qur’a marosimida bilib oladi.

Yaxshiboev endi Evropa Ligasida o‘ynaydi!

Shomurodov yoki Abraxam? Mourino “Zarya”ga qarshi hujumda kim o‘ynashini aytdi!

“Real” Yaxshiboevni kutyaptimi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Eldor eshityapsanmi, maydonda “yaxshi bola” bo‘lish yaramaydi!

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nat

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!