Yaxshiboev bugungi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (foto)

  • 5 aprel, 2020, 19:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Belarus chempionatida 3-tur bahslari davom ettirilmoqda. Hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboev hamda Shaxboz Umarovlar faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi o‘z maydonida "Minsk" klubini qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Dastlabki gol 21-daqiqada kiritildi. Yaxshiboevning zarbasidan so‘ng darvozabon to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga esa Aleksey Nosko birinchi bo‘lib etib kelib, hisobni ochdi.  Hakam tomonidan qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Jasur raqib darvozasini ishg‘ol etish orqali hisobni 2:0 ko‘rinishga keltirdi.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, aynan Yaxshiboev bugungi bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ilgariroq, 22 yoshli futbolchi jamoasi safida mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

photo_2020-04-05_19-08-16

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!