
Yasmina Karimjonova Namandagi musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi va mamlakatimiz tennis federatsiyasi hamkorligida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida turnir o‘tkazilmoqda.
Qizlar o‘rtasidagi musobaqaning birinchi davrasida hamyurtimiz Yasmina Karimjonova rossiyalik Sofya Ostrovskayani har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Yasmina ikkinchi davrada belaruslik Aliona Faleyga qarshi kortga chiqadi. Mazkur musobaqaning birinchi davra bahslari davom etmoqda.
Fikrlar