
Yarim finalda O‘zbekistonni mag‘lub qilgan Janubiy Koreya Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi
Futbol bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining final bosqichi ham o‘z nihoyasiga etdi. Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘yin koreyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Uchino hisobni ochib, yaponiyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 26-daqiqada Vu-Yong imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Ikkinchi taym boshida Cho Yung esa g‘alaba golini urdi.
Shu tariqa, Janubiy Koreya g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar