Shomurodov supergol bilan “taxt”ga qaytdi!

  • 15 dekabr, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan “Istanbul Bashakshehir” jamoasi Turkiya chempionatining 16-turini safarda “Samsunspor” futbolchilariga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

“Samsunspor” yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qilayotgan bois, o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida faqat g‘alaba uchun harakat qildi. Biroq Eldor Shomurodov etakchiligidagi istanbulliklar raqibga etarlicha qarshilik ko‘rsata oldi.

Bahsning birinchi bo‘limida har ikki tomon hujumkor o‘yin ko‘rsatishga uringan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

Uchrashuvning ikkinchi yarmida katta sahnaga Eldor Shomurodov chiqdi. 66-daqiqada 30 yoshli legionerimiz himoyachi xatosidan unumli foydalanib to‘pni egallab oldi va tsuzoq masofadan aniq zarba bilan supergol urdi.

Shomurodov hisobni ochishdan tashqari, uchrashuvning 83-daqiqasida yana to‘pni egallab olib, hujum tashkil qildi va jamoadoshi Bertug Yildirimga golli pas uzatdi.

Ushbu bahsda Abbosbek Fayzullaev boshlang‘ich tarkibdan joy oldi va 67-daqiqada davomida maydonda eng faol o‘ynagan futbolchilardan biri bo‘ldi.

Safarda 2:0 hisobida zafar quchgan “Istanbul Bashakshehir” joriy mavsumdagi ochkolari sonini 20 taga etkazib, musobaqa jadvalida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasidagi 16-uchrashuvida gollari sonini 11 taga etkazib oldi va “Oltin Butsa” uchun kurashda birinchi o‘rinda turgan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu bilan tenglashdi.

Nigeriyalik hujumchi “Trabzonspor”nin g o‘z maydonida “Beshiktosh”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvida ishtirok etmadi va shu bois uning statistikasi o‘zgarishsiz qoldi. Shu tariqa, to‘purarlar poygasida yana qo‘shhokimlik vujudga keldi.

“Oltin butsa” bahsida Eldor Shomurodov va Pol Onuachuni ta’qib qilayotgan charm to‘p ustalari ham ancha jonlanib qoldi. Xususan, “Galatasaroy” yulduzi Mauro Ikardi “Antalyaspor” darvozasini ishg‘ol qilgan holda chempionatdagi gollari sonini sakkiztaga etkazdi.

Keyingi o‘rinlarni bu turda “Trabzonspor” darvozasiga yo‘l topgan “Beshiktosh”ning angliyalik forvardi Temmi Abraxam, “Konyaspor” hujumchisi Umut Nayir va “Fenerbahche” hujumchisi Yussuf En-Nesiri ettidan gol bilan egallab turibdi.    

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov Turkiya chempionatiga kelganidan beri to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelmoqda. Hamyurtimiz chempionat doirasidagi uchrashuvlarda “Beshiktosh”,”Alanyaspor”, “Konyaspor”, “Galatasaroy”, “Kojaelispor”, “Genchlerbirligi”, “Trabzonspor”, “Kasimpasha” jamoalari darvozasiga bittadan to‘p kiritgan bo‘lsa, “Antalyaspor” bilan bahsda dubl qayd etdi.

Endi o‘zbek hujumchisi zarbasidan so‘ng o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan turk klublari qatoriga “Samsunspor” jamoasi ham qo‘shildi.

O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?

Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!