Yaponiyalik darvozabon terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

  • 15 dekabr, 2022, 10:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Strasburg" va Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Eydzi Kavasima terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Tecno

"Jahon chempionati paytida muxlislarim bilan cheksiz quvonchni baham ko‘rdim, lekin ba’zida tushunib bo‘lmas mag‘lubiyatlar hissini ham tuydim. Umrimning so‘nggi 15 yilini Yaponiya terma jamoasi uchun kurashga sarflaganimdan juda ham faxrlanaman. Endi men oilamga e’tibor qaratmoqchiman", — deb yozdi Kavasima ijtimoiy tarmoqda.

Darvozabon 2008 yilda Yaponiya terma jamoasida debyut qilgan. Terma jamoa tarkibida 39 yoshli yaponiyalik futbolchi 95 ta o‘yin o‘tkazgan. JCh-2022da 1/8 final bosqichida "samuraylar" Xorvatiyaga (1:1, penaltilar seriyasi bo‘yicha 1:3) mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi. Kavasima mundialdagi to‘rtta o‘yinni ham zaxirada o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!