Yaponiya Osiyo futbol konfederatsiyasi tarkibidan chiqmoqchi
Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tarkibidan chiqib, o‘zini alohida "Sharqiy Osiyo federatsiyasi"ni tuzish masalasini ko‘rib chiqyotgani haqida xabar tarqaldi.
Manbalarga ko‘ra, bunga asosiy sabab sifatida Qatarning OFKdagi ortiqcha ta’siri va korruptsiya holatlari ko‘rsatilgan. Yaponiya tomoni bu jarayonlar turnirlarning, xususan, Osiyo Chempionlar ligasining adolatli o‘tishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, bu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlanmagan, biroq kunchiqar yurt vakillari ichida va ayrim Osiyo futbol doiralarida bu mavzu jiddiy muhokama qilinayotgani aytilmoqda.



Fikrlar