
"Yapon Messisi"ga "Real" va "Manchester Siti" qiziqib qoldi
"Tokio" klubi yarim himoyachisi Takefusa Kubo Evropaning ikkita grand jamoasini qiziqtirib qo‘ydi.
Nikkan Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 18 yoshli “yapon Messisi”ga "Real" va "Manchester Siti"dan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ta’kidlash kerakki, Kubo 2011-2015 yillarda “Barselona” akademiyasida shug‘ullangan.
Ma’lumot uchun, Kuboning “Tokio” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yanvarida o‘z nihoyasiga etadi. Uning transferi esa 500 ming evroga baholanmoqda.
Fikrlar