Yanvarda “Real” hujumchisi ketadi

  • 15 sentabr, 08:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning braziliyalik hujumchilaridan biri –  19 yoshli Endrik  qishki transferlar oynasi ochilishi bilan Madrid shahrini tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, bu futbolchi katta iste’dod sohibi bo‘lishiga qaramay, ichki raqobatning kuchli ekani va jarohat tufayli asosiy tarkibga kira olmayapti.

Endrikka hozirning o‘zidan La Liganing “Valensiya” hamda “Selta” singari o‘rtamiyona jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular futbolchini yanvarda o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Aslida Endrik yozda boshqa jamoaga o‘tishi kutilgandi. Lekin bir necha marta jarohat olgan futbolchining rejasi amalga oshmadi.

Braziliyalik hujumchi “Real”ga 2024 yilning yozida kelgan va o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 37 ta uchrashuv o‘tkazib, ettita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali tomonidan 35 million evroga baholanayotgan Endrikning “Qirollik klubi” bilan imzolagan shartnomasi 2030 yilning yozigacha davom etishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!