Yangi mojaro. Neymar PSJga qarshi bosh ko‘tardi

  • 28 may, 2020, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar PSJ prezidenti Nasser Al-Xelayfining pandemiyada natijasida futbolchilarning maoshini kesish siyosatiga qarshi bosh ko‘tardi. Uni bir guruh futbolchilar qo‘llab-quvvatlamoqda. Maoshini shartnomada belgilangan shaklda saqlanib qolishini talab qilayotgan futbolchilarga Neymar bilan birga jamoa sardori Tiago Silva boshchilik qilmoqda. Bu guruh Edinson Kavani, Ander Errera va Xuan Bernat kabi yoshi kattaroq o‘yinchilarni birlashtirgan.

Tecno

Hujumchi Kilian Mbappe va qator yosh futbolchilar jamoa rahbariyati maoshlarni 70 foizgacha qisqartirishiga rozilik berdi. Murosaga kelishni istayotgan o‘yinchilarga Markinos etakchilik qilmoqda.

Ayni paytda PSJ vakillari qisman ishsiz hisoblanib, maoshlarining 84 foizini olmoqda. PSJ mavsum erta yakunlangani bois 200 million evro ziyon ko‘rishi hisob-kitob qilingan.

Oyiga 3 million evro oladigan Neymarning klub rahbarlariga qarshi bosh ko‘tarishi mutaxassislar tomonidan braziliyalik hujumchining “Barselona” o‘tish uchun urinish, deb baholanmoqda. Neymar shu tariqa uni Kataloniyaga qo‘yib yuborishlariga erishmoqchi.

“Barselona” amalda Neymarni qaytarishdan umidini uzgan bo‘lsa-da, yakuniy qarorni iyulda qabul qilishini bildirgan.

“Barselona” Neymardan voz kechishga majbur bo‘ldi

PSJ Ikardini “Inter”dan oladigan bo‘ldi. Foydani esa “Yuventus” ko‘radi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!