
"Yangi Messi" deb ta’riflangan futbolchi 32 yoshida faoliyatini yakunladi!
"Barselona" va "Milan" klublarining sobiq hujumchisi Boyan Krkich 32 yoshida faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqdagi Krkichning so‘nggi jamoasi bo‘lgan "Vissel Kobe" klubi ma’lum qildi.
Yoshligida uni keyingi Messi deb atashardi, lekin Lionel deyarli butun faoliyatini bir joyda o‘tkazgan bo‘lsa (u geografik jihatdan hozir ham Barselonadan unchalik uzoqda emas), Krkich butun dunyo bo‘ylab ko‘plab jamoalarda o‘ynadi. Yaponiyadan Kanadagacha.
Eslatib o‘tamiz, hozirda “Barselona”ning yana bir afsonasi – Andres Inesta Yaponiyada futbolchi sifatida o‘zining so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda.
Fikrlar