
Yangi mavsumni u bilan boshlay olmaymiz!
Jon Obi Mikel "Chelsi"ning sovrinlar uchun kurashish yo‘lidagi muammosi xaqida gapirdi.
"Chelsi" sobiq yarim ximoyachisi Jon Obi Mikelning fikricha, londonliklar jamoaning asosiy tarkibida Robert Sanches o‘ynab turganda sovrinlarga asosiy da’vogarlardan biri bo‘la olmaydi.
"Chelsi"ning muxlislari bizga yana bir top darvozabon kerak ekanliklarini yaxshi bilishadi. Chunki Sanches bu vazifani uddalay olmayapti. Yangi mavsumni u bilan boshlay olmaymiz. Darvozabon bilan bog‘liq muammoni imkon boricha tezroq hal qilish kerak. Ishonchim komilki, klub muxlislarining 99 foizi Robert bizga sovrin olib keladigan darvozabon emas, - degan fikrimga qo‘shiladi", deydi Mikel.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik darvozabon "Chelsi" safida 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar